Prezidentimizning joriy yil 23-fevraldagi “2018 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq shu kunlarda mamlakatimizning madaniyat va istirohat bog‘lari, mahalla guzarlari, ta’lim muassasalarida Navro‘z sayillari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Mirobod tuman kengashi tashabbusi bilan “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar” festivali bo‘lib o‘tdi.
Mirobod tumani hokimi Sh.Po‘latov, Yoshlar ittifoqi Mirobod tuman kengashi raisi S.Saidxonov xalqimizning ezgu va go‘zal qadriyatlarini, olijanob orzu-intilishlarini mujassam etgan Navro‘z bayrami barcha yurtdoshlarimiz orziqib kutadigan, umumxalq bayrami ekanini ta’kidladi.
Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Navro‘z tarixiga oid ma’lumotlar, milliy urf-odatlarimizga oid badiiy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Sumalak, halim, ko‘k somsa kabi bahoriy taomlar ulashildi, xalq o‘yinlari, milliy hunarmandlik mahsulotlari hamda bugungi tinch-osuda hayotimiz, turli sohalarda erishilayotgan yutuqlarimiz haqida hikoya qiluvchi ko‘rgazma tashkil etildi.
Yoshlar o‘z chiqishlarida turli millat va elatlar urf-odati, an’anasi, milliy libos, taom va raqslarini aks ettirdi.

























