Yoshlar “Navro‘z – 2018 marafoni”da faol qatnashdi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Mart 20, 2018

Yoshlar “Navro‘z – 2018 marafoni”da faol qatnashdi

Erta tongda poytaxtimiz ko‘chalari sportsevar yoshlar bilan gavjum bo‘ldi. Yuzlab yoshlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamkorligidatashkil etilgan “Navro‘z – 2018 marafoni”da faol qatnashdi.

Poytaxtdan tashqari respublikamizning barcha hududlarining markaziy ko‘chalarida 21 kilometrdaniborat masofada tashkil etilgan marafonda oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, faxriylar, uyushmagan yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni yoshlarning kundalik turmush hayotiga kiritish maqsadida tashkil qilingan marafonda uch xil: 2018 metr, 3 va 21 kilometrlik masofalarda bahslar o‘tkazildi. Poytaxtimizning Nukus ko‘chasidan “Paxtakor” markaziy stadionigacha bo‘lgan ko‘chalarda o‘tkazilgan musobaqalarda marra chizig‘iga birinchilardan bo’lib yetib kelgan ishtirokchilarni tashkilotchilar velosipedlar, diplom va medallar bilan taqdirladi. Qolgan barcha qatnashchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.

Marafon (14).jpg

Shuningdek, marafon qatnashchilari uchun konsert tashkil yetilib, unda yoshlarning sevimli san’atkorlari kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi.