Toshkent viloyati Zangiota tumanida “Milliy armiyamiz – yoshlarimizning mardlik, shijoat va jasorat maktabidir” mavzusida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar va ularning oila a’zolari, yoshlar ishtirok etdi.
Festivalda harbiy orkestr ijrosida Vatan va tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. Harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada harbiylar yoshlarni zamonaviy harbiy texnikalar, qurol-yarog‘ va ularning taktik-texnik xususiyatlari bilan tanishtirdi.

























