2017-yilda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i bilan 140 mingta avtomobil ishlab chiqarildi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 26, 2018

2017-yilda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i bilan 140 mingta avtomobil ishlab chiqarildi

O‘tgan yili “Kobalt” hamda “Matiz” rusumidagi yengil avtomobillar ishlab chiqarish sur’ati 2016-yildagiga nisbatan 4,5 barobarga ortgan. Xuddi shunday ko‘rsatkich “Malibu” avtomobilini ishlab chiqarishda ham qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, 2017- yilda O‘zbekistonda 140 ming 306 dona yengil va yuk avtomashinasi hamda avtobus ishlab chiqarilgan.

Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2016 yildagiga nisbatan 58,1 foizga o‘sib, 135 ming 471 donani tashkil etgan. Bunda “Jentra” rusumidagi avtomashinalar ishlab chiqarish sur’ati 2 barobar (19 ming 164 ta), “Kobalt” – 4,6 marta (18 ming 14 ta), “Matiz” – 4,4 barobar (13 ming 2 ta), “Malibu” – 4,5 marta (963 ta), “Kaptiva” – 2,1 barobarga (4 ming 540 ta) ortgan.

2017- yilda mamlakatimizda, shuningdek, 3778 dona avtobus, 1057 dona yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.