2018-yilda O‘zbekistonda 63 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olinadi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 26, 2018

2018-yilda O‘zbekistonda 63 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olinadi

Joriy yilda yangi konlar ochish orqali tabiiy gaz zaxirasi 57 milliard kub metrga, neft va kondensat zaxirasi 3,6 million tonnaga ko‘paytiriladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kecha, 25-yanvar kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimida geologiya-qidiruv va qazib olish ishlari samaradorligi, yoqilg‘i materiallari bilan ichki ehtiyojni ta’minlashning ahvoli, tizimdagi istiqbolli vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidlandi.

2018-yilda 63 milliard kub metr tabiiy gaz, 3 million tonna neft va kondensat qazib olishni ta’minlash uchun 255 ta yangi quduq va 26 ta yangi texnologik obyektni qurish ishlarini yakunlash, 76 ta quduqni kapital ta’mirdan chiqarish ishlari amalga oshiriladi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2017-yilda 56 milliard 417 million kub metr gaz qazib olingan. 2016-yilda esa bu ko‘rsatkich 56 milliard 132 million kub metrni tashkil etgan.