2018-yilda Toshkent shahrida o‘rtacha maosh miqdori 3 million so‘mni tashkil etadi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Fevral 5, 2018

2018-yilda Toshkent shahrida o‘rtacha maosh miqdori 3 million so‘mni tashkil etadi

O‘tgan yilda poytaxtda o‘rtacha oylik maosh miqdori 2 million 818 ming so‘mni, o‘rtacha oylik pensiya esa 692 ming so‘mni tashkil etgan. Bu haqda 2012-2017 yillarda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy natijalari hamda 2018-yil reja ko‘rsatkichlarida keltirilgan.

Dastlabki prognozlarga ko‘ra, joriy yilda o‘rtacha oylik maosh 3 million 96 ming so‘mga yetkaziladi, o‘rtacha pensiyalar miqdori 805 ming so‘mdan oshadi.

Hujjatda qayd etilishicha, oylik maoshlari hajmi 2012-yildan beri uch barobar, pensiyalar ikki baravarga oshgan.