Mamlakatimiz aholisi arzon narxlarda sifatli sement mahsuloti bilan ta’minlanadi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 28, 2018

Mamlakatimiz aholisi arzon narxlarda sifatli sement mahsuloti bilan ta’minlanadi

Respublikamiz sement ishlab chiqaruvchi korxonalari, xususan, “Qizilqumsement” AJ va “Bekobodsement” AJ sementning 1 tonnasini 500 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda (430-490 so‘m/tn sotilish joyidan kelib chiqqan holda) aholi uchun sotishni tashkillashtirmoqdalar.
Hozirgi kunda respublikaning barcha yirik shahar va tumanlarida aholiga sement mahsulotini sotish savdo joylari tashkil etilmoqda. Bu haqda “O‘zqurilishmateriallari” AJ Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar respublika bozorlarida spekulyativ tarzda narxlarga aralashuvga chek qo‘yish maqsadida hamda mamlakatimiz aholisini arzon narxlarda sifatli sement mahsuloti bilan ta’minlashga qaratilgan.