Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat kotibining o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Mart 26, 2018

Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat kotibining o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun bugun Toshkent shahriga kelgan AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida turli sohalarda O‘zbekiston-AQSh hamkorligining holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, 27-mart kuni ochiladigan yuqori darajadagi Toshkent forumining kun tartibi nuqtayi nazaridan xalqaro va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqildi.

Suhbatda AQSh Elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.