Futbol bo‘yicha transferlarga ixtisoslashgan “Transfermarkt” portali bu gal Osiyo qit’asi futbolchilarining yangilangan transfer narxlarini e’lon qildi.
Yangilangan reytingda yaponiyalik Kaoru Mitomaning narxi 35, Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosi Kim Min Jening narxi 32 million yevroga tushishi natijasida Abduqodir Husanov Osiyo qit’asining eng qimmat futbolchisiga aylandi. Mazkur yo‘nalishda yaponiyalik Takefusa Kubo 30, Kaishi Sano esa 25 million yevroga baholanib, qit’aning eng qimmat futbolchilari orasida kuchli beshtalikda qayd etilgan.

Ayni damda O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi a’zosi Abduqodir Husanov “Transfermarkt” ma’lumotiga ko‘ra, 35 million yevroga baholanmoqda. Bu narx o‘zgarishsiz qolayotgani bois Abduqodir qit’amiz futbolchilari orasida Osiyoning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi. Shuningdek, ushbu qit’a futbolchilari orasida Abbosbek Fayzullayev 8 million yevro narx bilan 25-o‘rindan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy haftaning boshida Abduqodir Husanov ushbu transfer narxi orqali Osiyo qit’asinig eng qimmat himoyachisiga aylangan edi.
O‘zA


























