Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Toshkentga keldi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Mart 26, 2018

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Toshkentga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 26 mart kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng Afg‘oniston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Avval xabar qilinganidek, ikki davlat rahbarlari 27 mart kuni «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi va so‘zga chiqadi.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani muzokara o‘tkazishi ham ko‘zda tutilgan.