Afg‘onistondagi tinchlik Markaziy Osiyo davlatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavfsiz bozorga kirib borishi uchun yo‘l ochadi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Mart 26, 2018

Afg‘onistondagi tinchlik Markaziy Osiyo davlatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavfsiz bozorga kirib borishi uchun yo‘l ochadi

Dipanjan Roy Chaudxuri. Hindistonning «The Economic Times» gazetasi bosh muharir o‘rinbosari: Men O‘zbekistonga birinchi marta olti oy avval sayyohlik yo‘nalishida oilam bilan kelgan edim. Endi esa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun keldim.

Qayd etish joizki, bu anjuman o‘zining salmog‘i jihatidan juda muhim. Vaholanki, unda bevosita dunyoning yirik davlatlari Rossiya, AQSh, Xitoy vakillari bitta stol atrofiga jamlanmoqda.

Eng muhimi, bu borada Afg‘onistonning ham pozitsiyasi aniq. Yurtda tinchlik o‘rnatish uchun afg‘on xalqining o‘zi tashabbus bilan chiqmoqda. Zero, hech qanday tashqi kuch Afg‘onistonda tinchlikni to‘liq ta’minlay olmaydi.

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishidan Hindiston ham manfaatdor. Vaholanki, bu ikki davlat o‘rtasida hozirga qadar ochilmagan yangi qirralar ya’ni iqtisodiy sohalarni rivojlantirish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, bu davlatdagi tinchlik, xotirjamlik Markaziy Osiyo davlatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri havfsiz bozorga kirib borishi uchun yo‘l ochadi.