Birinchi Prezidentimiz kitoblari taqdimoti

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 29, 2018

Birinchi Prezidentimiz kitoblari taqdimoti

Nukus shahridagi Yoshlar markazida Birinchi Prezidentimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitasi raisi D.Qurbaniyazov, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.Ko‘chimov, mehnat faxriysi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator U.Ashirbekov, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi K.Karimov, akademik J.Bazarboyev va boshqalar mustaqilligimiz asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yurtimiz ozodligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi buyuk tarixiy xizmatlari haqida so‘z yuritdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017- yil 27- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida butun mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur qaror ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov faoliyati xronikasi (Solnoma)”, “Yoshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” hamda «Prezidentga maktublar” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Birinchi Prezidentimizning ushbu kitoblari bugungi tinch-osoyishta, obod va farovon hayotimizni qadrlash, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.