Buyuk inson orzu-umidlari aks etgan

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 29, 2018

Buyuk inson orzu-umidlari aks etgan

Samarqand davlat universitetida “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov faoliyati xronikasi (Solnoma)”, “Yoshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” va “Prezidentga maktublar” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida o‘tkazilgan taqdimotda Samarqand shahridagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, talaba yoshlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda mazkur asarlar Islom Karimovning hayoti va ish faoliyati haqida batafsil ma’lumot berish bilan birga, bu ulug‘ insonning shaxsiyati, orzu-umidlari va maqsad-o‘ylari to‘g‘risida ham yorqin tasavvurga ega bo‘lish imkonini berishi ta’kidlandi. Ularning mazmun-mohiyatida, avvalo, xalqimizning, yoshlarimizning ma’naviyatini yuksaltirish, hayotga munosabatini o‘zgartirishga qaratilgan olijanob g‘oyalar o‘z ifodasini topgan. Bu kitoblarni o‘qigan kishi “Kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik?!” degan savolga hayotiy javob topadi.

– Buyuk davlat va jamoat arbobi Islom Karimov asarlarida mustaqil O‘zbekistonning milliy taraqqiyot yo‘li to‘liq aks etgan, – deydi Samarqand davlat universiteti professori F.Nabiyev. – Shuningdek, tinchlik va farovonlik, ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat borasida juda teran mushohadalar, qimmatli fikrlar o‘rin olganki, bu ayniqsa, yoshlar uchun katta ibrat maktabidir. Birinchi Prezidentimizning Vatanimiz mustaqilligi va davlatimiz taraqqiyoti, xalqimiz baxtu saodati yo‘lida amalga oshirgan ulug‘vor ishlari haqida tushuncha u kishining asarlarini puxta o‘rganishdan boshlanadi.

– Buyuk Yo‘lboshchimizning ushbu kitoblarida yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning kelajagi va jamiyatda munosib o‘rin topishi masalalariga keng o‘rin berilgan, – deydi Samarqand davlat universitetidagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi H.To‘xtayev. – Shu sababli yoshlar o‘rtasida bu asarlarni keng targ‘ib etish va o‘rganish buyuk Yurtboshimizning biz, yoshlarga bo‘lgan otalarcha g‘amxo‘rligini anglash va bu e’tiborga munosib bo‘lishga da’vat etadi.