Chekka tumanlarda ko’zi ojizlar uchun maxsus kutubxonalar ochiladi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Fevral 13, 2018

Chekka tumanlarda ko’zi ojizlar uchun maxsus kutubxonalar ochiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori Alima Axetova kutubxonaning Nukus shahri, To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Kegeyli tumanlarida filiallari ochilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Kutubxonalar tuman markazlaridagi madaniyat va aholi dam olish markazlari binosida faoliyat yuritadi.

Bunday filiallarni tashkil etishdan asosiy maqsad, ko‘zi ojiz insonlar va ular oila a’zolarining bilim olish darajasini oshirish, kutubxona ishini kuchaytirish, kutubxona fondi, o‘quv-uslubiy, badiiy-adabiy, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shtatlar birligida ko‘rsatilgan tajribali mutaxassislar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirishdan iborat.

Kutubxonalar gapiruvchi, tekis bosmali va Brayl shriftidagi adabiyotlar bilan ta’minlanadi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joiz, bu kabi kutubxona filiallari avval Chimboy, Xo‘jayli, Amudaryo, Qo‘ng‘irot, Beruniy tumanlarida ochilgan.