O‘zbekistonda «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinadi. Ushbu hujjat davlat idoralarida xizmatni haqiqatdan nufuzli faoliyatga aylantiradi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22- yanvardagi Farmoni bilan qabul qilingan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida keltirilgan.
Yangi qonun bilan davlat xizmatchilarining mehnat haqi va ijtimoiy himoyasi uchun munosib tizim shakllantiriladi. Ayni paytda yuklatilgan vazifalarning sifatli ijrosi uchun davlat xizmatchilarining javobgarligini oshiradi.
«Endilikda har bir davlat xizmatchisi egallab turgan lavozimga munosib ekanini har kuni isbotlashi shart», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoniga keltirilgan sharhda.


























