Ikki nafar sportchimiz XXIII qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 23, 2018

Ikki nafar sportchimiz XXIII qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi

Joriy yilning 9-25 fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari boshlanadi.

Unda dunyoning 90 davlatidan 6.500 nafardan ortiq sportchi 15 ta qishki sport turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun raqobatlashadi.

Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini figurali uchish bahslarida Misha Ge va tog‘ chang‘isi bo‘yicha Komiljon To‘xtayevlar himoya qiladi.

Misha Ge 16-fevral kuni boshlanadigan figurali uchishning qisqa dasturida, 17-fevralda esa erkin dastur bo‘yicha bahslarga kirishadi. Komiljon To‘xtayev 18-fevral kuni tog‘ chang‘isining gigant slalom, 22-fevralda slalom bo‘yicha o‘tadigan musobaqalarda omadini sinab ko‘radi.