JIDU TALABASI XALQARO TANLOV SOVRINDORLARI QATORIDA

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Dekabr 26, 2017

JIDU TALABASI XALQARO TANLOV SOVRINDORLARI QATORIDA

Pekin shahridagi Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh qarorgohida talabalar orasida ShHT haqida eng yaxshi ilmiy maqola tanlovining yakunlari sarhisob qilindi. Tadbir ShHT Xartiyasining 15 yillik yubileyi hamda tashkilotga a’zo mamlakatlarning Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnomasi imzolanganining 10 yilligini nishonlashga bag‘ishlandi.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining to‘rtinchi bosqich talabasi Ulug‘bek Abdusalamov ham sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Ushbu tanlov 2016-yildan boshlab ShHT Kotibiyati tomonidan tashkilotga a’zo davlatlar oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida “ShHT – umumiy uyimiz” kompleks dasturi doirasida o‘tkaziladi.