Reaven D’Souza “The Times Kuwait”ning ijrochi direktori: — Bu konferensiya butun dunyo hamjimiyatini Afg‘onistondagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgani bilan ham katta ahamiyatga ega.
Afg‘oniston mojorosini tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan bir qancha konferensiyalar avval ham o‘tkazilgan. Avvalgilardan farqli o‘laroq mazkur konferensiyada amaliy, ijobiy natijalarga erishiladi, deb umid qilamiz.
Hozirgi vaqtda konferensiya natijalari haqida bir nima deyish qiyin. Ammo, shuni aytish kerakki, konferensiyaga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rilgan. Konferensiya ishtirokchilari, ayniqsa, jurnalistlarga xolis axborot tarqatish uchun barcha qulaylik yaratilgan. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovi, Prezidentlik saylovida ham ishtirok etganman. Har gal jurnalistlar uchun tashkil etilgan media maydon bizga juda ma’qul bo‘lgan. Hozirda xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlariga ham tarjimonlar biriktirilgani ish faoliyatimizni yanada unumli bo‘lishida qo‘l kelmoqda.


























