Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya Parlamenti Maslahatchilar palatasi prezidenti bilan uchrashdi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Dekabr 19, 2025

Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya Parlamenti Maslahatchilar palatasi prezidenti bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakat Parlamentining Maslahatchilar palatasi prezidenti Masakazu Sekiguchi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishda parlamentlar muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi. Maslahatchilar palatasi vakillari joriy yilning aprel oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Parlamentlararo ittifoqning 150 yilligiga bagʻishlangan sessiyada faol ishtirok etdilar.

Yoshlarning parlamentga oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, jumladan, Oʻzbekiston – Yaponiya yoshlar parlamentlari aʼzolari forumini oʻtkazish hamda 2026-yilda Samarqandda boʻlib oʻtadigan Yoshlar parlamentlari aʼzolari global konferensiyasida Yaponiya delegatsiyasining ishtirok etishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Parlamentlar oliy darajada erishilgan, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, texnologik va madaniy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirishga har tomonlama koʻmaklashishi muhimligi taʼkidlandi.