Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Yaponiya Vakillar palatasi Spikeri bilan uchrashdi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Dekabr 19, 2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Yaponiya Vakillar palatasi Spikeri bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio shahriga rasmiy tashrifi doirasida Yaponiya Parlamentining Vakillar palatasi spikeri Fukushiro Nukaga bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oʻzbekiston – Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Ikki mamlakat parlament delegatsiyalari oʻrtasidagi oʻzaro tashrif va uchrashuvlar faol tus olgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlarda doʻstlik guruhlari faol ish olib bormoqda. May oyida Tokioda navbatdagi parlamentlararo forum muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Parlamentlarning qoʻmitalari, xalq deputatlari mahalliy kengashlari va Yaponiya prefekturalari assambleyalari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish, shuningdek, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohasida qonun ijodkorligi boʻyicha tajriba almashish muhimligi taʼkidlandi.