O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining navbatdan tashqari hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 17, 2018

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining navbatdan tashqari hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining navbatdan tashqari hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, sport federatsiyalari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

8 (1).JPGO‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R.Qurbonov va boshqalar mamlakatimizda sportni, jumladan, Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlarini rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor o‘z samarasini berayotganini ta’kidladi. Yurtimizda yildan-yilga sport infratuzilmasining mustahkamlanib borayotgani yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarish, nufuzli sport musobaqalarini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 9-martdagi O‘zbekiston sportchilarini 2020-yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlashga oid qarori sportchilarimizni kelgusidagi nufuzli musobaqalarga bosqichma-bosqich tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi A.Sultonovning hisoboti tinglandi. Unda mamlakatimizda 2017 yilda sport sohasida amalga oshirilgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, mamlakatimizda o‘tgan yili qator sport turlari bo‘yicha Osiyo chempionati va xalqaro turnirlar tashkil etildi, sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda 770 dan ortiq medalni qo‘lga kiritdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston futbol federatsiyasi raisi Umid Ahmadjonov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi etib saylandi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari, bosh kotib va ijroiya qo‘mitasi a’zolari saylandi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov so‘zga chiqdi.