O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘liga ega mamlakat. Uning tashabbusi esa e’tirofga munosib

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Mart 26, 2018

O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘liga ega mamlakat. Uning tashabbusi esa e’tirofga munosib

Daniyel Kislov Rossiyaning “Fergana.ru” axborot agentligi bosh direktori: O‘zbekistonni har tomonlama taraqqiy etayotganini e’tirof etishdan mamnunman. Ayniqsa uning turistik jihatdan yuksalayotgani meni hayratda qoldirdi. Anchadan buyon bu jannatmakon yurtda bo‘lmagandim. O‘z taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lgan ushbu davlatdagi rivojlanish, uning qo‘shni mamlakatlarga munosabati, Afg‘onistondagi vaziyatga bo‘lgan e’tibor bilan yondashuvi meni jurnalist sifatida juda qiziqtirmoqda. 

Ayni vaqtda butun dunyo ekspertlari bilan birga jurnalistlari ham ushbu voqeaga alohida e’tiborini qaratgan. Chunki qo‘shni davlatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatishga qaratilgan qator tashabbuslar bilan chiqib, jon kuydirib, turli loyiha va anjumanlarga bosh bo‘layotgan O‘zbekiston ko‘plab mamlakatlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalariga ega. Bu tashabbus uning o‘z prinsiplari, tizimli taraqqiyot rejasiga ega davlat ekanidan dalolat.

Bu anjuman keyinchalik ham tashkil etiladigan bir qator xayrli ishlarning, ko‘p tomonlama hamkorlikning asosi bo‘lib xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.