O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Avgust 30, 2025

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 30-avgust – 3-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

O‘zbekiston yetakchisi 31-avgust – 1-sentabr kunlari Tyanszin shahrida o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi va «SHHT plyus» formatidagi sammitda ishtirok etadi.

Tadbirlar kun tartibidan ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish va tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirishning dolzarb jihatlari o‘rin olgan. Uning yakunida Tyanszin deklaratsiyasi, xavfsizlik, raqamli iqtisodiyot, «yashil» sanoat, energetika, turizm va boshqa sohalarda sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma hujjatlar va qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

2-sentabr kuni Pekin shahrida davlatimiz rahbari XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, Xitoy rasmiy shaxslari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Prezidenti 3-sentabr kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.