O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Iyun 6, 2024

O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

6-iyun kuni Anqara shahridagi Prezident saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Turkiya davlat madhiyalari yangradi. Ikki davlat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari o‘tmoqda. Tomonlar O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.