O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Aprel 23, 2018

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi

Ko‘ksaroy qarorgohida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Turkmanistonning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Shundan so‘ng davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

An’anaviy do‘stlik, o‘zaro ishonch va konstruktiv ruhda o‘tayotgan muzokaralarda davlat rahbarlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning ko‘p qirrali masalalari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashishi rejalashtirilgan.