O‘ZBEKISTONDA ISLOM AKADEMIYASI TASHKIL ETILADI

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Dekabr 26, 2017

O‘ZBEKISTONDA ISLOM AKADEMIYASI TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Islom akademiyasida huzurida ikki yillik magistratura, uch yillik tayanch doktorantura va uch yillik doktorantura faoliyat yuritadi. Mustaqil tadqiqotchilar uchun masofadan o‘qish, tadqiqot ishlarini mustaqil olib borish imkoniyati yaratiladi, xorijdan doktorantlar va tadqiqotchilar o‘qish va amaliyotga shartnoma asosida qabul qilinadi.

Magistraturaga oliy ta’lim muassasalarining kamida bakalavr darajasi diplomiga ega bo‘lgan, Akademiyada tayyorlanadigan mutaxassisliklar ixtisosligiga mos keladigan yo‘nalishlarni bitirgan O‘zbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolari qabul qilinadi.

Akademiyada “Qur’onshunoslik”, “Fiqh ilmi”, “Hadisshunoslik” va “Kalom ilmi” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni, shuningdek ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanadi.