1956 yilda YUNESKOning Xalqaro bolalar va o‘smirlar adabiy kengashi tomonidan dunyo bolalar yozuvchilari uchun Xans Kristian Andersen nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etilgan.
Har ikki yilda beriladigan bu mukofot adabiyot olamida “Kichik Nobel” deb ham ataladi. Mazkur mukofotga “Eng yaxshi bolalar yozuvchisi” va “Eng yaxshi bolalar rassomi” yo‘nalishlari bo‘yicha asarlar qabul qilinadi. Taqdim etilgan ishlarni o‘ndan ortiq davlatlar mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’ati ko‘rib chiqadi.
2026 yilgi Xans Kristian Andersen mukofoti uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, bolalar yozuvchisi Muhabbat Yo‘ldoshevaning “The Secret of Mouse” (“Sichqonning siri”) nomli kitobi tavsiya etilgan edi. Kuni kecha o‘zbek adibasining asari bir necha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tib, eng so‘nggi final bosqichiga chiqqani xabar qilindi.
O‘zbekistonlik yozuvchi, tarjimon, illyustrator-rassom, jurnalist va ssenarist Muhabbat Yo‘ldoshevaning turli janrdagi 50 dan ortiq mualliflik va 30ga yaqin tarjima kitoblari nashr etilgan.
Muhabbat opa “Shuhrat” medali (2023), Xalqaro “Aleksandr Pushkin” medali (2023), “Rus oltin qalami” xalqaro mukofotining badiiy tarjima yo‘nalishidagi sovrini (2023) sohibasi.
O‘zA


























