O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi munosabatlar, parlamentlararo aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Muloqotlar muntazamlik kasb etmoqda.
Yurtimizda Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisidagi (parlament) “Turkiya – O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Haydar Ali Yildiz boshchiligidagi Turkiya parlamenti delegatsiyasi bo‘lib turibdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ushbu delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangani munosabatlarning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Suhbat chog‘ida mehmonlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘zlab berildi.


























