Pokiston delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Mart 26, 2018

Pokiston delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Xavaja Muhammad Asif boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida Pokiston delegatsiyasini viloyat hokimligi vakillari kutib oldi.

Delegatsiya a’zolari dastlab Hazrati Xizr yodgorlik majmuasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.

Pokistonlik mehmonlarning Imom Buxoriy majmuasi va Samarqanddagi boshqa tarixiy obidalar, diqqatga sazovor maskanlarni ziyorat qilishi ko‘zda tutilgan.

Delegatsiya Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun bugun kechqurun Toshkentga yetib keladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27 martga mo‘ljallangan.