Prezident halok bo‘lganlarning oilalariga kompensatsiya ajratish to‘g‘risida topshiriq berdi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 22, 2018

Prezident halok bo‘lganlarning oilalariga kompensatsiya ajratish to‘g‘risida topshiriq berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasining Oqto‘ba viloyati Irgiz tumanida «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lida avtobus yonishi oqibatida halok bo‘lgan 52 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi oilalarining barchasiga bir martalik nafaqa ajratildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot-xizmati.

Mahalliy ijro hokimiyati organlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari hamda mahalla faollari tomonidan halok bo‘lganlarning oilalariga ma’naviy va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.