Prokuraturada yangi 228 shtat birligi paydo bo‘ladi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 24, 2018

Prokuraturada yangi 228 shtat birligi paydo bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22-yanvardagi Farmoni bilan tasdiqlangan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturiga muvofiq, 2018-yil 1-apreldan boshlab Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi tugatiladi.

Undan bo‘shagan 228 ta shtat birligi prokuratura organlariga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida kengash faoliyati davr talabiga javob bermay qolganini ta’kidlagan edi.