Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyaning 43-sessiyasini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish boshlandi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Sentabr 21, 2025

Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyaning 43-sessiyasini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Samarqand shahrida o‘tkaziladigan YUNESKO Bosh konferensiyaning 43-sessiyasini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish jarayoni boshlanganini ma’lum qiladi.

Konferensiyani yoritishda qatnashishni istagan jurnalistlar BMTning “INDICO” platformasida ro‘yxatdan o‘tib, akkreditatsiyadan o‘tishlari lozim.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish shakli quyidagi havola orqali taqdim etiladi: https://indico.un.org/event/1017853/registrations/21114/.

OAV vakillarining arizalari 2025-yil 10-oktabrgacha qabul qilinadi.

Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan murojaatlar, shuningdek zarur maʼlumotlarsiz va to‘ldirilgan so‘rovnomasiz arizalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

Shu bilan birga, sammitni yoritishda ishtirok etish uchun xprojiy OAV vakillarining topshirgan arizalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ularning akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomasiz O‘zbekistonga tashrif buyurish va jurnalistik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun asos bo‘la olmaydi.

Qo‘shimcha savollar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmatiga press@mfa.uz elektron pochtasi orqali murojaat qilish mumkin.