Shohjahon Ergashevning o‘n ikkinchi g‘alabasi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 14, 2018

Shohjahon Ergashevning o‘n ikkinchi g‘alabasi

AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan “Turning Stone Casino Resort” arenasida Shohjahon Ergashev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Bokschimiz mazkur bahsda amerikalik Soni Fredriksonga qarshi ringga ko‘tarildi. Bellashuv boshlanishi bilan shiddatli usulda harakat qilgan bokschimiz raqibiga qator zarbalar yo‘lladi.

Uchrashuvning ikkinchi raundida o‘z g‘alabasiga ishongan Shohjahon himoyalanmagan holda jangni davom ettirdi. Uchinchi raundida mahoratli bokschimiz raqibiga ketma-ket kuchli zarbalar yo‘lladi. Bu zarbalarga dosh bera olmagan Soni nokautga uchradi.

Shu tariqa yengilmas bokschimiz professional boksdagi o‘n ikkinchi jangida g‘alaba qozondi