Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan yurtdoshlarimizga fuqarolik pasportlari topshirildi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 26, 2018

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan yurtdoshlarimizga fuqarolik pasportlari topshirildi

Toshkent shahar hokimligida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan yurtdoshlarimizga fuqarolik pasportlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2016-yil dekabr oyidan buyon Toshkent shahrida yashayotgan yurtdoshlarimizdan 400 nafarga yaqini O‘zbekiston fuqarosi bo‘ldi.
Mashhura Parmanqulova Qozog‘istonning Turkiston shahrida tug‘ilgan. Toshkentga kelin bo‘lib tushgan. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida mutaxassis bo‘lib ishlaydi.

5.JPG

– Ota-onam bilan Toshkentga tez-tez kelib turardik. Toshkentning so‘lim bog‘larini, xiyobonlarni kezish, metroda sayr qilish, mehmondo‘st odamlar bilan suhbatlashish menga olam-olam zavq bag‘ishlardi, – deydi M.Parmanqulova. – Xudoga shukr, ahil oilam, farzandlarim bor. O‘zbekistonda baxtiyor yashayapmiz. Bugun yanada baxtliman. O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindim. Ko‘nglimdagi kemtik to‘ldi. Buning uchun Prezidentimizga ming rahmat.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirgan vaqtda taqdir taqozosi bilan mamlakat tashqarisida bo‘lgan yurtdoshlarimiz, shuningdek, boshqa mamlakatlarda tug‘ilib, taqdirini O‘zbekiston bilan bog‘lagan, shu aziz Vatanimiz taraqqiy etishi va gullab-yashnashi uchun munosib hissa qo‘shib kelayotgan shaxslarga mamlakatimiz fuqaroligi berilishi ular hayotini yangi mazmun bilan boyitib, quvonchga to‘ldirdi.

17.JPG

Bugun O‘zbekiston fuqarosi, degan sharafga ega bo‘lgan yurtdoshlarimiz dilida bir tilak: Yurtboshimiz omon, xalqimiz turmushi farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarimiz bardavom, barakali bo‘lsin.