Umid Ahmadjonov Fransiya futbol federatsiyasi rahbarlari bilan ko‘rishadi​

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 22, 2018

Umid Ahmadjonov Fransiya futbol federatsiyasi rahbarlari bilan ko‘rishadi​

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi raisi Umid Ahmadjonov hozirda Ispaniya poytaxti Madrid shahrida “Real Madrid” futbol klubining rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatidan xabar qilishlaricha, Bugun 22 yanvar kungi rejaga ko‘ra, Umid Ahmadjonov “Real Madrid” akademiyasiga tashrif buyuradi va akademiya direktori Xulio Ronko bilan uchrashadi. Ertaga, 23 yanvar sanasida esa O‘FF raisi Parijga yo‘l oladi va u yerda Fransiya futbol federatsiyasi rahbarlari bilan ko‘rishadi.