Vetnamda O‘zbekiston madaniyat kunlari shu yilning aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 30, 2018

Vetnamda O‘zbekiston madaniyat kunlari shu yilning aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining mas’ul rahbar kadrlaridan iborat ishchi guruhi Vetnam Sotsialistik Respublikasida ijodiy safarda. 

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan yo‘l xaritasiga asosan «Vetnamda O‘zbekiston madaniyati kunlarini» o‘tkazishda tashkiliy masalalar yuzasidan muhokama va kelishuvlar amalga oshirilmoqda.

Vazirlik matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, madaniyat kunlari tadbirlari shu yilning aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.