Yosh rassomlar ko‘rgazmasi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Fevral 5, 2018

Yosh rassomlar ko‘rgazmasi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati «Dizayn» guruhi o‘quvchilarining «Iste’dod» nomli ijodiy ko‘rgazmasi ochildi.

10.JPG

Yosh rassomlarning ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazmada o‘n ikki nafar 9-sinf o‘quvchisining 50 ga yaqin ijodiy ishi namoyish etildi. Ularda yurtimizning go‘zal manzaralari, milliy urf-odatlarimiz tasvirlangan.

5.JPG

Shohista Bahodirova «Dengiz shahri» nomli ishida o‘z tasavvuridagi shaharchani chizgan. Bu ishda yosh iqtidor egasining bolalikka xos beg‘uborligi sezilib turibdi. Ahmadjon Shuhratillayevning «Nur», Kamila Myazitovaning «Bolalik» kabi ishlarida esa baxtli bolalik, oila va Vatanga muhabbat tuyg‘ulari aks ettirilgan.

21.JPG

Ko‘rgazma 19-fevralgacha davom etadi.