2017-yilda xorij valyutasini sotib olishga yetti trillion so‘m naqd pul sarflangan

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 23, 2018

2017-yilda xorij valyutasini sotib olishga yetti trillion so‘m naqd pul sarflangan

O‘tgan yilda bank kassalaridan chiqim qilingan naqd pullar hajmi 46 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmati xabar qildi.

Chiqim qilingan naqd pullarning 34 foizi ijtimoiy to‘lovlarga, 32 foizi ish haqiga, 15 foizi naqd chet el valyutasini sotib olishga, 15 foizi aholining omonatlar va bank kartalari uchun berilgan naqd pullarga va 4 foizi boshqa xarajatlarga to‘g‘ri keladi.

2017-yilda chiqim qilingan naqd pullar hajmida eng katta ulush Toshkent shahri (27 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan, qolgan barcha hududlarning umumiy ulushi 73 foizni tashkil etgan.