Farg‘onalik fermerlar Qoraqalpog‘istonda o‘z tadbirkorlik ishlarini yo‘lga qo‘ymoqda

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 31, 2018

Farg‘onalik fermerlar Qoraqalpog‘istonda o‘z tadbirkorlik ishlarini yo‘lga qo‘ymoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanida Farg‘ona viloyatidan kelgan 130 dan ortiq fermer zaxira yer maydonlarini olib, fermerlik va tadbirkorlik ishlarini yo‘lga qo‘ymoqda.

Joriy yil boshidan buyon farg‘onalik fermerlar tomonidan 90 loyiha tayyorlanib, shundan 60 loyihaga 5 ming 45 gektar yer maydoni ajratildi. Bu maydonlarda paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda Farg‘ona viloyati va Taxtako‘pir tumani hokimliklari tomonidan loyihalar tayyorlanib, yer konturlari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, suv yo‘llari, bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, issiqxonalar tashkil etish, bog‘ yaratish, ko‘p tarmoqli tadbirkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan har bir taklif chuqur o‘rganib chiqilmoqda.